Butilkadan ovqatlantirish uchun moslamalar

Keyinga o‘tamiz

Ko‘krakdan ajratishdan avval nimalarni bilish lozim

Agar Siz bolani butilkadan ovqatlantirish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, uning yoshiga mos keladigan eng yaxshi butilkani va so‘rg‘ichni, hamda butilka uchun simcho‘tkalar, sterillash uskunalari, sun’iy ovqatlantirishda – bolalar sutli ovqati kabi boshqa eng zarur narsalarni qanday tanlash lozimligini bilib oling.

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Butilkadan ovqatlantirishni boshlashdan avval, Siz quyidagilarni sotib olishingiz kerak:

• Kamida 6 ta bolalar butilkasi. Ko‘pchilik bolalar taxminan kuniga 6 marta ovqatlanadi, shuning uchun, agar siz chaqaloqni butilkadan ovqatlantirmoqchi bo‘lsangiz, shunda yoningizda doimo butilkalarning yetarli soni bo‘ladi.

• Kamida 6 ta so‘rg‘ich.

• Sterillash uskunasi.

• Butilkalarni tozalash uchun simcho‘tka.

• Sun’iy ovqatlantirishda – bolalar sutli ovqati.

Bolalar butilkalari

Bolalar butilkalari 2 xil o‘lchamda bo‘ladi:

• 120 ml hajmidagi kichik butilkalar chaqaloqlar va yangi tug‘ilgan bolalar uchun a’lo mos keladi.

• 225 ml hajmidagi katta butilkalar kataroq bolalar uchun mos keladi.

Ularning eni 3 xil bo‘lishi mumkin:

• Keng og‘izli, ularni tozalash va to‘ldirish oson bo‘ladi

• Odatdagi og‘izli

• Tor og‘izli

Keng og‘izli butilkalarning ba’zi modellari, aynan bola o‘ta ko‘p havoni nafas olib yutib yubormasligi uchun ishlab chiqilgan, chunki bu qorin shishib ketishiga va yoqimsiz tuyg‘ularga olib kelishi mumkin. Keng og‘izning yana bir afzalligi shuki, ular bolalar aralashmasi bilan yoki ko‘krak suti bilan to‘ldirilganda, kamroq ifloslanadi, va ularni tozalash osonroq bo‘ladi.

suniy ovqatlanish

Lekin Siz odatdagi butilkalar uchun so‘rg‘ichlarni topish osonroq bo‘lib, ular muzlatgichlar va sterillash moslamalari uchun ko‘proq mos kelishini sezishingiz mumkin. Tor og‘izli butilkalar bolangizga mustaqil ovqatlanishni o‘rganishda yordam berishi mumkin, chunki bola ularni qo‘lchalari bilan osonroq ushlab tura oladi.

Butilkani tanlash, Siz va bolangiz afzal ko‘rgan jihatlarga bog‘liq bo‘ladi.

Ehtimoliy zararli mikroblarni yo‘q qilish uchun, ovqatlanish uchun buyumlarni sterillash lozim

Qorin og‘rig‘iga qarshi butilkalar

Qorin og‘rig‘ining ehtimoliy sabablaridan biri – bolalar ovqatlanganda o‘ta ko‘p havoni yutib yuboradilar. Ba’zi bolalar butilkalari va so‘rg‘ichlari chaqaloqlar yutadigan havoni kamaytirish uchun mahsus ishlab chiqilgan. Agar bolangizda qorin og‘rig‘ining alomatlari kuzatilsa, masalan, u ovqatlanishdan keyin betoqat bo‘lsa, va uning qorni shishib ketadigan bo‘lsa, balki Siz bu butilkalardan birini sinab ko‘rsangiz, yaxshi bo‘ladi.

Sterillash moslamalari

Bolangizning immun tizimi hali yaxshi shakllanmagan bo‘ladi, ayniqsa u olti oydan ham kichik bo‘lsa. Shuning uchun ehtimoliy zararli mikroblarni yo‘q qilish uchun, ovqatlanish uchun buyumlarni sterillash hayotiy muhim bo‘ladi.

Butilkalarni va so‘rg‘ichlarni sterillashdan avval yaxshilab iliq sovunli suv bilan arting, va tozalash simcho‘tkasi bilan ishqalab chiqing. Siz ularni idish yuvish mashinasida yuvsangiz ham bo‘ladi.

Shu amallardan keyin bolangizning ovqatlanish uchun buyumlarini uchta usullardan biri bilan sterillash kerak:

• Qaynatish.

• Bug‘ bilan sterillash – elektr bug‘li sterillash moslamasidan foydalanib, yoki  mikroto‘lqinli pechda sterillash.

• Sovuq suv bilan sterillash.

So‘rg‘ichlar

So‘rg‘ichlar turli-tuman shakllarda, o‘lchamda bo‘lib, turli materiallardan yasalgan bo‘ladi. So‘rg‘ichning to‘g‘ri tanlangan turi Siz ishlatadigan sutli ovqatning turiga, va bolangizning afzal ko‘rishiga bog‘liq bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun sekin oqimli so‘rg‘ichlardan boshlash yaxshirok, keyin esa – bolaning o‘sib-rivojlanishi va emish ko‘nikmalari rivojlanishi sari, kattaroq oqimli so‘rg‘ich olish kerak.

Agar bolangiz ovqatlanish paytida sut bilan nafasi tiqilib, yoki sutni tuflab tursa, bu sutning o‘ta katta (tez) oqimining belgisi bo‘lishi mumkin – sekinroq oqimli so‘rg‘ichni ishlatib ko‘ring. Agar Sizga bolangiz butilkadan ovqatlanishga qiynalayotgandek tuyulsa, so‘rg‘ichning turini yoki rusumini o‘zgartirib ko‘ring. So‘rg‘ichlar abadiy ishlatilmaydi, ular buzilib qolishi mumkin, shuning uchun ularni muntazam tekshirishni unutmang, almashtirish zarur bo‘lganda esa, bolangiz o‘sishi darajasiga mos keladigan o‘lchamini tanlashni unutmang.

Boshqa foydali qo‘shimchalar

Butilkadan ovqatlantirish uchun eng zarur moslamalardan tashqari, ushbu foydali qo‘shimchalar Sizga qulaylik yaratishi mumkin:

• Suvni tez qaynatish uchun choynak

• To‘kilgan suyuqlikni artish uchun muslin salfetkalar

• Ko‘krak usti yopqichlar va so‘lak artish uchun yopqichlar (oshxo‘raklar)

Keyingi qadamlar

Ushbu tovarlarni xarid qilish ro‘yxatingizga qo‘shib qo‘ying:

• Kamida 6 ta butilka va 6 ta so‘rg‘ich

• Butilkalar uchun simcho‘tka

• Sun’iy ovqatlantirishda – mos keladigan bolalar sutli aralashmasi.

• Ko‘krak usti yopqichlar va so‘lak artish uchun yopqichlar (oshxo‘raklar)

Sterillash turlarini o‘ylab ko‘ring. Siz bug‘li sterillash moslamasini sotib olasizmi?

Oxirgi yangilanish sanasi: 2014 yil 28 iyul

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x