Bola ichaklarining rivojlanish bosqichlari va ularning ahamiyati

Oʻqish vaqti: 10 daqiqa

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Kichkintoyingizning ichaklariga gʻamxoʻrlik qilish bu uning kelajakdagi sogʻlom boʻlishi uchun qilishingiz mumkin boʻlgan eng yaxshi narsalardan biridir. Ichak bolangizga ovqatdan maksimal darajada foyda olishga yordam berishdan tashqari, kelgusida uning organizmiga – infeksiyalarga qarshi kurasha olish qobiliyatidan tortib, ruhan kamol topishiga ham taʼsir qilishi mumkin. Baʼzida uning “ikkinchi miya” deb atalishi ham ajablanarli emas.

Immunitet hujayralarining 70-80% gacha boʻlgan qismi kichkintoyning ichaklarida joylashgan boʻladi.

Bola ichaklarining rivojlanish bosqichlari va ularning ahamiyati

Homilador boʻlgan vaqtdan boshlab farzandingizning ikki yoshga to’lguniga qadar taxminan 1000 kun oʻtadi. Aynan shu vaqt ichida sogʻlom ichak mikrobiotasi hosil boʻladi. Keling, bu qanday roʻy berishini bilib olamiz.

homiladorlik belgisi

1-kun

homiladorlik belgisi 2

Homiladorlik

20-haftaga borib kichkintoyning ichaklari toʻliq shakllangan boʻladi2. Hozirgacha olimlar bakteriyalar bolaga ona qornidaligida onadan oʻtadimi-yoʻqmi degan savolni muhokama qilishmoqda. Bir tomondan, baʼzi tadqiqotlar bakteriyalar homila oldi suvi orqali kichkintoyning organizmiga kirishi mumkinligini koʻrsatmoqda. Boshqa tomondan, bachadon har doim toza boʻladi va unda bakteriyalar boʻlmaydi, shuning uchun ham ular bolaga tugʻilishidan oldin yuqishi mumkin emas degan fikr keng tarqalgan. Bu savolga javob qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, siz kichkintoyingiz organizmiga uzatish uchun tayyor boʻlgan oʻzingizning sogʻlom ichak mikrobiotangizni shakllantirishingiz zarur. Buning eng samarali usullaridan biri – homiladorlik paytida sogʻlom, muvozanatlashgan dietaga amal qilish4.

(Bola dunyoga kelgandan soʻng uning ovqat hazm qilish tizimini qoʻllab-quvvatlashning eng yaxshi usuli bu koʻkrak suti bilan emizishdir. Ushbu bosqichga tayyorlanishda oʻzingizni yordam berish uchun kickintoyingiz dunyoga kelguniga qadar ko’krak suti bilan suti bilan emizish boʻyicha qoʻllanmalarimizni oʻqib chiqing.)

chaqaloq belgisi

280-kun

yangi tug'ilgan chaqaloq

Dunyoga kelishi

Tabiiy tugʻruq paytida kichkintoyingizning organizmi tugʻilish yoʻllari orqali oʻtadigan bir qator foydali bakteriyalar taʼsiriga uchraydi.

Yangi tugʻilgan chaqaloq

Farzandingizning immun tizimi hali shakllanmagan va u oʻziga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan barcha infeksiyalarga qarshi kurashishni tezda oʻrganishi kerak. Ushbu bosqichda kichkintoyning ichaklari intensiv oʻsish va rivojlanish bosqichini bosib oʻtadi5. Unda mutlaqo yangi ekotizim – ichak mikrobiotasi shakllanmoqda. Bu tizim kichkintoyning barmoq izlari singari noyob boʻlib, u kichkintoyingizning salomatligini qoʻllab-quvvatlaydigan va immun tizimini mustahkamlaydigan7 1000 dan ortiq turdagi bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlarni oʻzida saqlaydi6.

chaqaloq belgisi

283-kun


yangi tug'ilgan chaqaloqni emizish

Koʻkrak suti bilan ozuqalantirish

Ona suti sizning kichkintoyingiz uchun yaratilgan boʻlib, u farzandingizning ichaklarini rivojlanishiga yordam beradi. Uning tarkibida kichkintoyning qorinchasi uchun foydali boʻlgan koʻplab elementlar mavjud. Masalan, ona suti oligosaxaridlari (HMO) mikrobiota tarkibidagi bakteriyalar uchun oziq-ovqat manbayi boʻladi8. Bundan tashqari, laktoza, nukleotidlar va yogʻ kislotalari ichaklarning rivojlanishiga yordam beradi9. Shuningdek, ona suti tarkibida mavjud butun oqsillar va oz miqdordagi mayda boʻlaklarga boʻlingan oqsillar – peptidlar9 ichaklarning rivojlanishiga yordam beradi9.

Sizning ratsioningiz ham koʻkrak suti tarkibiga ham taʼsir qiladi, shuning uchun kichkintoyingizni koʻkrak suti bilan emizish davrida sо’glom muvozanatlashgan ovqatlanish tartibiga amal qilish zarur – bu nafaqat oʻz sogʻligʻingizni, balki bolangizning sogʻligʻini ham saqlab qolish va mustahkamlashga yordam beradi. Koʻkrak suti bilan emizishning afzalliklari haqida batafsil oʻqib chiqing. Yoki, agar Siz farzandingizni ko’krak suti bilan emizishda qiyinchiliklarga duch kelgan boʻlsangiz, unda bizning qanday qilib koʻkrak suti bilan samarali emizish boʻyicha qoʻllanmamizni oʻqing. 

Kichkintoyingiz oʻsib borgani sari bilan uning ichaklaridagi bakteriyalar soni va xilma-xilligi ortib boradi.



kichkintoyning belgisi

462-kun

qorinni ajratish xronologiyasi

Sutdan chiqarish

Hayotining 6-oyidan keyin Sizda kichkintoyingizning ichak mikrobiotasini rivojlantirish va foydali bakteriyalar bilan boyitishning yana bir usuli paydo boʻladi10 – uning ratsioniga quyuqroq ovqatlarni qoʻshish va uning turli xil tarkibga ega muvozanatlashgan ovqatlanishini taʼminlash. Bu uning immunitet tizimini qoʻllab-quvvatlashga va butun hayoti davomida infeksiyalar va kasalliklarga qarshi kurashishda yordam beradi.

kichkintoyning belgisi

1000-kundan keyin

kichkintoy

Bolalar bir yoshga toʻlganidan keyin

Taxminan 3 yoshga kelib, kichkintoyingizning ichak mikrobiotasi toʻliq rivojlanadi11, lekin vaqti-vaqti bilan oldingidek oʻzgarib turishi holati ham kuzatilishi mumkin12. Muvozanatlashgan va xilma-xil tarkibga ega ratsion yana koʻp yillar davomida farzandingiz ichaklarining salomatligini taʼminlashga yordam beradi. Prebiotiklarga boy mahsulotlar (masalan, piyoz, banan, pomidor va boshqalar) uning organizmi uchun juda muhim hisoblanadi va mikrobiotani mustahkamlashga yordam beradi13.

1000-kundan keyin

Farzandingiz oʻsishda davom etgani sari, uning ichak mikrobiotasi koʻplab sabablarga koʻra, xususan ovqatlanish tartibi, stress yoki antibiotiklar qabul qilish taʼsirida oʻzgarishi mumkin. Ichakning salomatligini saqlashning eng yaxshi usuli – bu xilma-xil va sogʻlom ovqatlanish, sogʻlom uyquga amal qilish va stressga berilmaslik14.

  1. Furness JB et al. Am J Physiol, 1999;277(5,Pt1):G922-8.
  2. Lebenthal E., Lee P. and Heitlinger, L. J Pediatr 1983; 102(1):1-9.
  3. Collado, M. et al. Sci Rep, 2016;6(1).
  4. Lozupone CA, et al. Nature,2012;489(7415):220-230.
  5. Xu, R. Reprod Fertil Dev, 1996;8(1):35.
  6. Lee KN, Lee OY. World J Gastroenterol 2014;20:886-8897
  7. Wopereis H. et al., Pediatr Allergy Immunol 2014;25:428-438
  8. Ayechu-Muruzabal, V et al. Front Pediatr, 2018;6:239
  9. Ballard O. and Morrow A. Pediatr Clin North Am. 2013;60(1):49-74)
  10. Scholtens P et al. Ann Rev Food Sci Technol. 2012;3:425–427.
  11. Koenig, J., et al. Pro Natl Acad Sci U.S.A, 2010;108(Suppl 1):4578-4585.
  12. Voreades N, Kozil A, Weir TL. Front Microbiol. 2014;5:494.
  13. Sousa V, Santos E, Sgarbieri V. Food Nutr Sci. 2011;2(2):133-144.
  14. Karl J, et al. Front Microbiol. 2018;9.
shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

x