Ona qornida nutqning rivojlanishi

Tanish ovoz

Bolada nutqning dastlabki rivojlanishini tushunish

Chaqaloqlar tashqi olamni eshitishni boshlaganda, ona ovozi eng muhim tovush sanaladi. U bolaga xotirjamlik baxsh etib, tinchlantiradi va uning ijtimoiy va ruhiy rivojlanishi, tili va nutqi uchun tamal toshini qo‘yadi.

Bu biz batafsil o‘rganadigan tadqiqotning qiziqarli sohasi. Maqolalarimizdan bolada nutqning dastlabki rivojlanishi asosida yotuvchi fan haqida fatafsil bilib oling.

ona va chaqaloq belgisi

Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi

Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling

Erta o‘rgatish

Homiladorlikning 24 va 30-haftalari orasida farzandingiz shovqinga ta’sirlanishni boshlaydi. Unga eng ko‘p ta’sir qiladigan ovoz – bu sizning ovozingiz. Hali tug‘ilmagan bola bilan gaplashish – unga yaqinlashishning eng a’lo usuli. Bu bolani o‘rgatishga haqiqatdan ham yordam beradi. Sizni gaplaringizni eshitishga qodir bo‘lgan farzandingiz sizning ovozingizni taniydi va uni boshqa har qanday tovushdan ustun qo‘yadi. Juda aniq bo‘lmasa-da, bola tashqaridagi boshqa ovozlarni ham eshitadi va nutqni tinglash effekti uni tushunish va ovozga ishlov berishga o‘rgatish, shuningdek xotira ko‘nikmalarini rivojlantirish va va oilaviy aloqalarni mustahkamlashga yordam berish orqali butun umr ta’sir qiladi.

Yangi tug‘ilganlar boshqa tovushlardan farqli ravishda aynan tilga javob qaytaradi. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ular tilni orqasidan oldinga harakatlanishidan yoki tinch holatidan chiqadigan tovushga nisbatan miya faolligini ko‘proq namoyish etishadi. Bola tug‘ilishi bilan ko‘p o‘tmay bunday reaksiya bildirishini hisobga olib aytish mumkinki, bola tug‘ilgungacha ovoz yoki nutq modeliga nisbatan bolada shunga o‘xshash reaksiya bo‘lgan.

homilador ayol va uning hamrohi
Bolaga eng kuchli ta’sir o‘tkazadigan tovush bu, albatta, ona ovozi.

Ushbu ko‘rsatkichga bag‘ishlangan tadqiqotda homilador ayollar homiladorlikning so‘nggi oylarida haftasiga bir bir necha marta yozib olingan ma’nosiz so‘zlarni qorniga qo‘yib berishgan. Bu bolalar tug‘ilgach, ushbu ma’nosiz so‘zlarni tushunishgan, shunday so‘zlar eshittirilmagan bolalar esa tushunishmagan. Qaydlarni eshitgan bolalar tovush yoki unli tovush balandligining o‘zgarish paytini ham anglashgan va qaydlarni oldinroq eshitgan bolalarda reaksiya ancha kuchliroq bo‘lgan.

Bolalar tug‘ilmasdan turib ona tilini anglaydi.

Ona tili

Hayratomuz tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, yangi tug‘ilganlar ona qornida o‘rgangan so‘zlarini anglashdan tashqari, dunyoga kelmasidanoq, hali eshitmagan o‘z ona tilini anglaydi.

Bir tadqiqotda shu narsa aniq bo‘ldiki, homiladorlikning so‘nggi bosqichlarida hali tug‘ilmagan bolalar nafaqat ona ovozini boshqalarnikidan ajratadi, balki ular o‘z ona tilini (bu yerda ingliz tili haqida so‘z ketmoqda) xorijiy tildan (mandarin) farqlay olgan. Shu tariqa chaqaloqlar tug‘ilgungacha tilni tushunishni va nutq va ijtimoiylashuvga hali sobit bo‘lmagan ilk qadamlarni qo‘yishni boshlaydi.

Keyingi qadamlar

•Har kuni bir necha daqiqa qorningizdagi bola bilan gaplashishga yoki unga qo‘shiq aytib berishga vaqt toping.
• Agar ikki tilni bilsangiz, bo‘lg‘usi farzandingizni ikki til bilan tanishtirish uchun ayni muddao.
•Unga sevimli bolalar kitobini o‘qib berishga harakat qiling. U hattoki bu haqda eslatishni boshlab yuborishi ham mumkin.
•Bola o‘zini tutishida qandaydir o‘zgarishlar bormi yoki yo‘qmi tekshiring. Sizning ovozingiz bola uchun tinchlantiruvchi vosita ekanligini yodda tuting, shuning uchun u odatdagiga nisbatan kam qimirlaydi.
• Jarayonda uning otasi, aka-ukalari va opa-singillari ham ishtirok etishi mumkin. Bola eshitishi uchun ular qoringa ehtiyotkorlik bilan yaqinlashishlariga to‘g‘ri keladi.
• Farzandingiz bilan gaplashish sizga noqulay bo‘lsa, tashvish tortmang – har gapirganingizda u sizni eshitadi.

Bizning maqolalar turkumimizni va ekspertlardan videolarni o‘rganib, farzandingizning tovushga bo‘lgan reaksiyasi haqida batafsil bilib oling. 

  1. Fifer WP, Moon CM. The role of mother’s voice in the organization of brain function in the newborn. Acta Paediatr Suppl 1994;397:86-93
  2. Graven SN, Browne JV. Auditory development in the foetus and infant. Newborn Infant Nurs Rev 2008;8(4):186-93.
  3. Kisilevsky BS et al. Fetal sensitivity to properties of maternal speech and language. Infant Behav Dev 2008;32:59-71.
  4. Partanen E et al. Learning-induced neural plasticity of speech processing before birth. Proc Natl Acad Sci USA 2013;110:15145-5.
  5. Voegtline KM et al. Near-term fetal response to maternal spoken voice. Infant Behav Dev 2013;36:526-33.reference text

Yangilangan sana: 2016-yil 19-may

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x