Ona qornidagi kichkintoy bilan qanday gaplashish kerak

Toʻgʻri soʻzlarni topish

Kichkintoyga qanday gapirish va nimani gapirish kerak.

Kichkintoyingiz qorningizdaligida homiladorlikning uchinchi trimestrida u bilan suhbatlashish unga tinchlantiruvchi taʼsir koʻrsatishi isbotlangan. Lekin, yangi, ishonish biroz qiyin boʻlgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, hali tugʻilmagan bolalar ular eshitadigan va ularni tinchlantiradigan takrorlanuvchi rifmlarni eslab qolishlari mumkin.

Bu shunchaki ona qornidayoq kichkintoyingiz bilan suhbatingiz uning hayotining dastlabki bosqichlarida tilining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatishi mumkinligiga misollardan biri xolos. Kichkintoyingiz tashqi dunyoni qanday qabul qilishi haqida bizning maqolalarimizdan batafsil bilib oling.

ona va chaqaloq belgisi

Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi

Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling

Soʻz shablonlari

Tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, kichkintoy hali sizning qorningizdayoq sizing ovozingizni eshitib tinchlanadi va uning yurak qisqarish chastotasi kamayadi. Shu tariqa sizning kichkintoyingiz bilan aloqa oʻrnatishingiz uchun, hamda kichkintoyning hayotining dastlabki bosqichlarida tilini rivojlanishi uchun asos yaratiladi. Hayron qolish mumkin, lekin olimlar hali tugʻilmagan goʻdaklar oʻzlari oldin eshitgan va eslab qolgan gaplari va bolalar sheʼrlarini yana eshitganlarida ijobiy taʼsir javobi qaytarishadi. 

Yangi, yana bir qator ajablanarli tadqiqotlar esa, hali tugʻilmagan bolalar oʻzlari eshitgan narsalarini eslab qolishlarini va bu bilan oʻzlarining nutqining rivojlanishi uchun asos yaratishlarini koʻrsatadi.

Eshitishni oʻrganamiz

Homiladorlik vaqtida eshitish muayyan ketma-ket bosqichlarda rivojlanadi. Quloq suprasi (tovush toʻlqinlarini uzatishga javob beradi) homiladorlikning 15-haftasiga borib yaxshi shakllangan boʻladi va 20-haftasiga kelib toʻliq ishlay boshlaydi. Lekin u 24-30 haftalargacha miya bilan bogʻlanmagan boʻladi. Shu tariqa garchi ovoz bolaning qulogʻiga yetib borsa ham bolaning miyasi uni uchinchi trimestrgacha “eshitmaydi”. Bu vaqtga kelib bola allaqachon hid orqali, teginish orqali va harakatlar orqali ona qornidagi hayot haqida bilib oladi. Oʻz qorningiz bilan gaplashib esa, siz bolaga tashqi dunyo haqida ham bilishiga yordam berishingiz mumkin.

Sizning ovozingiz kichkintoyingiz uchun u hammadan koʻra koʻproq yaxshi koʻradigan va tugʻilganidan soʻng yana uzoq vaqt davomida orom topadigan va tinchlanadigan ovozdir.

Shuningdek kichkintoyingiz eshitadigan birinchi narsa bu sizning organizmingizning ichki faoliyatidir: yurak urishi, nafas olish va ovqat hazm boʻlishi vaqtidagi gʻuldirashlar. Lekin kichkintoy uchun eng muhim ovoz bu u ona qornida eshitishi mumkin boʻlgan va hammanikidan kuchliroq eshitiladigan sizning ovozingizdir. Bundan tashqari agar ovozlar ancha baland boʻlsa va yaqinroqda jaranglasa, bola sizning atrofingizda nima boʻlayotganini eshitishi, musiqaga, kutilmagan shovqinlarga taʼsir javobi qaytarishi va oilangizning boshqa aʼzolarini tanishi mumkin. Lekin unga koʻproq sizning ovozingiz yoqadi va u kichkintoyni tugʻilganidan keyin ham yana uzoq vaqt davomida tinchlantiradi va ovutadi.

kitob o'qiyotgan homilador ayol

“Siz kichkintoyingizning ilk xotiralarini yaratishingiz mumkin.”

Tugʻilguniga qadar boʻlgan xotiralar

Homilaning yurak qisqarish chastotasini oʻlchash yordamida kichkintoyning hali ona qorindaligida biror hikoya yoki bolalar sheʼrini birinchi marta eshitganlaridagi va ayni shu hikoya yoki bolalar sheʼrini bir necha haftadan soʻng qayta eshitganlaridagi javob taʼsirlari bir-biridan farq qilishi aniqlangan.

 Yanada hayratlanarlisi bola oʻzi eshitgan gaplarlarni eslab qoladi. Hatto oradan bir necha hafta oʻtgandan soʻng ham shu gaplar takrorlanganda yoki ularni kimdir gapirganda bola buni eslay oladi. Kichkintoy shuningdek, tugʻilganidan soʻng ham qanchadir vaqt bu ovozlarni taniy oladi. Shuning uchun kechqurunlari odatiy ertaklarni oʻqib berish bilan yoki oʻz qorningizga sheʼr aytib berish bilan siz boʻlajak farzandingizning ilk xotiralarini yaratishingiz mumkin.

Keyingi qadamlar

• Uchinchi trimestrda iloji boʻlsa bolaga yoqadigan sheʼr yoki ertakni tanlab oling va kuniga bir marta uni baland ovozda oʻqib turing?

• Oʻzingiz uchun tinch joy toping, chuqur nafas oling va ruhingizni boʻsh qoʻying. Yuqori darajadagi stress bolangizning immunitetiga taʼsir qilishi isbotlangan. Shu sababli bola bilan xotirjam vaqt oʻtkazish koʻp jihatdan u uchun foydali boʻladi.

• Agar qorningizga qarab kitob oʻqib berish sizga maʼqul kelmasa, unda xavotir olmang, farzandingiz siz har safar gapirganingizda sizning ovozingizni taniydi, shuning uchun siz bilan uning oʻrtasidagi aloqa tabiiy tarzda rivojlanadi.

• Kichkintoyingizning xatti-harakatlaridagi oʻzgarishlarni kuzating. Eslab qoling, sizning ovozingiz kichkintoyingizni tinchlantiradi va shuning uchun siz gapirayotgan vaqtingizda u kamroq harakatlanadi.

• Eʼtibor bering, kichkintoyingiz har xil tovushlarga masalan, qoʻshiq ovoziga, shaqildoq oʻyinchoq ovoziga yoki begonalarning ovoziga turlicha taʼsir javobini qaytaryaptimi?

Otasi, aka va opalari ham kichkintoy bilan suhbatda ishtirok etishlari mumkin. Bola ularni eshitayotganiga ishonch hosil qilish uchun qorningizga ehtiyotkorlik bilan yaqinlashishlari kerak boʻladi.

Kichkintoyingiz ona qornida nimalarni eshitishi va siz qanday qilib uning dastlabki rivojlanishiga yordam berishingiz haqida bizning maqolalarimizdan oʻqib bilib oling.

  1. Graven SN, Browne JV. Auditory development in the foetus and infant. Newborn Infant Nurs Rev 2008;8(4):186-93.
  2. Abrams RM, Gerdhart KJ. The Fetus: The acoustic environment and physiological responses of the fetus. J Perinatol 2000;S20:30-5.
  3. Fifer WP, Moon CM. The role of mother’s voice in the organization of brain function in the newborn. Acta Paediatr Suppl 1994;397:86-93.
  4. DeCasper AJ et al. Fetal reactions to recurrent maternal speech. Infant Behav Dev 1994;17:159-64.
  5. Marques AH, Bjorke-Monsen AL, Teixeira AL, Silverman MN. Maternal stress, nutrition and physical activity: impact on immune function, CNS development and psychopathology. Brain Research. 2015;1617:28–46.
  6. Vianna P, Bauer ME, Dornfeld D, Chies JAB. Distress conditions during pregnancy may lead to pre-eclampsia by increasing cortisol levels and altering lymphocyte sensitivity to glucocorticosteroids. Medical Hypotheses. 2011;77:188–91

Oxirgi marta yangilangan sana: 2016-yil 19-iyun

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x