Ko‘krakdan ayirishga tayyorlik belgilari

Farzandingiz katta hayotga tayyormi?

Qattiq ovqatlarni ratsionga kiritish vaqti kelganligini qanday aniqlash mumkin?

Narsalarni og‘ziga olib borish uchun bola o‘zining qo‘llari va ko‘zini boshqara olsa, u ko‘krakdan ayrilishga tayyor bo‘lishi mumkin. Bu rivojlanishdagi muhim bosqich bo‘lib, bola tayyor ekanligiga amin bo‘lsangizgina bu bosqichga o‘ting. Ishtahaning to‘satdan qisqa vaqtga ko‘tarilishi ko‘krakdan ayirishga tayyorlik belgisi emas.

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Ko‘krakdan ayirishga tayyorgarlik belgilarini aniqlash

Bola yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirib, ag‘darilish va o‘tirishni o‘rganib olishi bilan kundan kunga ko‘p kuch sarflay boshlaydi. Bolaning ishtahasi oshishi bilan uni turli xil taomlar va ko‘krakdan ayirishda iste’mol qilinadigan mahsulotlar bilan tanishtirish vaqti keladi. Bola sutdan boshqa mahsulotlar iste’moliga ham tayyor bo‘lsa, buni ma’lum bir belgilar bo‘yicha bilib olasiz. Hamma bolalarning ham rivojlanishi bir xil emas, ammo nimaga e’tibor qaratish joizligini bilish bolaga kerak bo‘lgan paytda qo‘shimcha ozuqa bilan ta’minlashga yordam beradi.

Ko‘krakdan ayirishga yoki rivojlanishning keskin o‘zgarishiga tayyormisiz?

Bolalarda dastlabki olti oy davomida o‘sish bir tekis kechmaydi, bu ochlik hissining kuchayishiga olib keladi. Buni ko‘krakdan ayirishning chin belgilari bilan adashtirmaslik kerak, chunki bolaning ovqat hazm qilish tizimi qattiq ovqatlarga ishlov berishga tayyot bo‘lishidan oldin rivojlanishi uchun bolaga vaqt kerak bo‘ladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, bola 4 oylikka to‘lguncha (17 haftalik) uning ratsioniga qattiq ovqatlarni kiritish mumkin emas. Bu vaqtgacha uning ichaklari ko‘krak suti yoki sut aralashmalaridan tashqari mahsulotlar bilan ishlash uchun yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi. Shu boisdan u bu davrda infeksiyalarga ancha beriluvchandir.

Sog‘liqni saqlash vazirligi taxminan 6 oylikkacha sog‘lom tug‘ilgan bolaning yagona ozuqaviy manbasi ko‘krak suti yoki bolalar aralashmasi bo‘lishini tavsiya qiladi.
Mustaqil o'tirish ko'nikmalari Sog‘liqni saqlash vazirligi ilk ko‘krakdan ayirish bola 6 oylik bo‘lganda amalga oshirilishini tavsiya etadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi taxminan 6 oylikkacha (26 haftalikkacha) sog‘lom tug‘ilgan bolaning yagona ozuqaviy manbasi ko‘krak suti yoki bolalar aralashmasi bo‘lishini tavsiya qiladi. Bu muddatgacha bola barcha kerakli ozuqani bolalar aralashmasi yoki ona sutidan oladi.

Farzandingizning rivojlanishida to‘satdan keskin o‘zgarish kuzatilsa, ochlik vaqtincha kuchayadi va uning ishtahasi ko‘p o‘tmay joyiga tushishi kerak. Bunday davrda bolaning kuchaygan ishtahasini bosish uchun qo‘shimcha ravishda ko‘krak suti yoki aralashma kifoya.

Ko‘krakdan ayirishni qachon boshlash lozim?

Bola ko‘krakdan ayrilishga tayyorligini bir nechta belgilar orqali bilish mumkin. Bunday belgilar 6 oylikkacha ham paydo bo‘lishi mumkin, ammo bu kamdan-kam holatlarda kuzatiladi. Quyida tasvirlangan belgilardan ko‘p qismini yoki barcha oddiy harakatlarni bola namoyon etsa, u ko‘krakdan ayrilishga tayyor.

Tayyorlik belgilari:

• O‘zi o‘tira oladi — orqasida tirgak mavjud bolalar stulchasida o‘tira oladimi?
• Boshini to‘g‘ri tutadi — boshini to‘g‘ri tutib, uni bir tomondan boshqa tomonga harakatlantira oladimi?
• Qo‘l, ko‘z va og‘iz muvofiqligi — narsalarni ushlab, og‘ziga sola oladimi?
• Siz yeydigan ovqatga qiziqadi — siz yeyayotgan ovqatga ishtaha bilan qarab, tarelkangizdan olishga harakat qiladimi?
• Ovqatni yuta olishlik — ko‘krakdan ayrilishga tayyor bo‘lmagan bolalar yegan ovqatini qaytarib chiqaradi.
• Sut emgandan keyin hech narsa bo‘lmaganday och — bu bolaning o‘sish belgisi bo‘lishi mumkin.

Tunda turib olib, qo‘lini so‘rishini ko‘krakdan ayirish belgisi deb qarash to‘g‘ri emas. Ammo bolalar har doim ham ko‘krakdan ayrilishga tayyorligini belgilar orqali ifodalayvermaydi. Agar 6 oylikkacha farzandingiz ko‘krakdan ayrilishga tayyorligini his qilsangiz, shifokoringiz bilan maslahatlashing.

  1. Department of Health. Start 4 Life [Online]. Available at: www.nhs.uk/start4life/Pages/solid-foods.aspx [Accessed July 2014]

Yangilangan sana: 2016-yil 11-iyul

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x