Sizga bolada sigir sutining oqsillariga allergiya borligi tuyulsa, nima qilish kerak

Shifokorning tavsiyalari

Shifokorga tashxis qo‘yishda yordam beramiz

Sigir sutiga allergiya borligi, bolangizni ovqatlantirishni o‘zgartirishni talab qilishi mumkin. Uning alomatlarini qanday aniqlash mumkinligini, shifokoringiz nimani bilishi zarurligini, nima uchun ovqatlanishga biror-bir o‘zgartirishni kiritishdan avval, tibbiy xodimning kasbiy maslahatlariga amal qilish lozimligini bilib oling.

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Sigir sutiga allergiyaning alomatlarini aniqlash

Agar bolangizda ko‘krak sutini emizishdan, butilkadan ovqatlantirishdan, yoki tarkibida sut mahsulotlari bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishdan so‘ng nojo‘ya reaksiya kuzatilsa, unda sigir suti oqsiliga allergiya (ABKM-SSOA) bo‘lishi mumkin.

ABKM-SSOA bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda kamdan-kam uchraydi. Afsuski, uni har doim ham aniqlash oson bo‘lavermaydi, chunki sutga allergiyaning alomatlari boshqa kasalliklarning alomatlariga o‘xshash bo‘ladi. Shuning uchun, agar Siz bolangizda ABKM-SSOA bo‘lishi mumkin, deb o‘ylasangiz, shifokor bilan maslahatlashish muhim bo‘ladi.

Shifokorga tashxis qo‘yishda qanday yordam berish mumkin

ona bolaga qaramoqda Bolangizdagi alomatlar haqida imkoni boricha ko‘proq ma’lumot berish shifokoringizga to‘g‘ri tashxis qo‘yishda yordam beradi.

Bolangizning shifokori oilangizda bo‘lgan barcha allergiya holatlari haqida, va Sizda xavotir uyg‘otgan alomatlar haqida bilishni istaydi.

Siz uning alomatlari haqida ko‘nchalik ko‘p ma’lumot va axborot bersangiz, shunchalik yaxshi bo‘ladi. Masalan, agar bolangizda ovqatlanishdan keyin toshma paydo bo‘lsa, uni fotosuratga oling va, toshma qancha vaqtdan keyin paydo bo‘lishini, qanchalik vaqt davomida saqlanib, keyin o‘tib ketishini yozib oling. Xuddi shunday tarzda qusish, ich ketishi, oshqozon spazmlari, nafas olishga qiynalish paydo bo‘lishining tafsilotlarini, hamda ular nimadan keyin paydo bo‘lishini yozib oling: ovqatlanish. ichish yoki boshqa narsalar.

Agar tananing tuurli joylarida 2 ta alomatlar paydo bo‘lsa, masalan, qusish va teridagi achishish yuz bersa, buni albatta ta’kidlab yozing.

Nima uchun tibbiy xodimlarning kasbiy maslahatlari yaxshiroq bo‘ladi

ABKM-SSOA tashxisini qo‘yish qiyin, chunki uning boshqa alomatlari asosiy sababini yashirib turishi ham mumkin. Olimlar hisoblaganiga ko‘ra, 15% gacha chaqaloqlarda ABKM–SSOA ga ishora qiluvchi alomatlar uchrashi mumkin, lekin aslida u faqat 2–7,5% chaqaloqlarda uchraydi.

Shuning uchun Siz shifokor bilan maslahatlashmay, dorilarni mustaqil sotib olib bolaga bermasligingiz, va bolaning ovqatlanish turiga biror-bir muhim o‘zgartirishlarni kiritmasligingiz muhim bo‘ladi. Agar bolangizda bu alomatlar yo‘qolmasa, ehtimol, Siz yana shifokorga murojat qilishingiz kerak bo‘ladi.

ABKM-SSOA bo‘lgan bolalarga sutning ko‘pchilik turlari to‘g‘ri kelmaydi.

Xususan, soya asosidagi mahsulotlar, shu jumladan soya asosidagi bolalar sutli aralashmalari, 6 oydan kichik bolalar uchun tavsiya etilmaydi. Buning sababi shuki, ularning tarkibida fitoestrogenlar (o‘simlik kelib chiqishidagi estrogen kabi xususiyatlari moddalar birikmalari) bor, tadqiqotlar ko‘rsatishicha, sigir suti asosidagi aralashmalarga allergiyasi bo‘lgan chaqaloqlarning 30–50% qismi, soya asosidagi sutli aralashmalarga ham reaksiya beradi.

ABKM-SSOA bo‘lgan bolalar uchun to‘g‘ri kelmaydigan aralashmalarning yana bir turi – qisman gidrolizlangan aralashmalar. Mashhur brendlar ishlab chiqargan bunday aralashmalar, supermarketlarda keng sotiladi, va ko‘pincha oson o‘zlashadigan aralashma deb belgilanadi. Lekin ularning oqsillari faqat qisman parchalangan bo‘ladi, va allergiya reaksiyasini keltirib chiqarishi mumkin.

ABKM-SSOA bo‘lgan chaqaloqlar uchun maxsus sut

Agar bolangizga CMA tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, bolaning shifokori unga yuqori gidrolizlangan aralashma deb nomlanadigan maxsus sut turini tavsiya etishi mumkin. Bu aralashmada oqsil shunchalik darajada (kichik o‘lchamigacha) parchalangan bo‘ladiki, bolaning immun tizimi uni allergen kabi tanib olmaydi. Lekin bu jarayon sutning ozuqa qiymatiga ta’sir etmaydi.

Agar bolangizda ABKM–SSOA alomatlari paydo bo‘lsa, Siz imkoni boricha tezroq o‘z shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz kerak.

  1. Hill et al 1986 Manifestations of milk allergy in infancy: clinical and immunological findings. J Paediatr 109: 270-276 and Host et al 2002 Freq of CMA in childhood. Annals Allergy Asthma Immunol 89 (suppl 2)

Oxirgi yangilanish sanasi: 2014 yil 28 iyul

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x