Kesarcha kesish va bolangizning immunitet tizimi

Kesarcha kesish bolangizning immun tizimiga qanday ta’sir o‘tkazadi?

Bolaning ilk yig’isi va farzandingiz bilan ilk diydorlashuvingiz… Sizning chaqalog‘ingizning dunyoga kelishi, bu siz uchun nihoyatda unitilmas bo’lgan ajoyib va go‘zal onlardir. Ehtimol, shu paytgacha siz hech kimni bu darajada qattiq yaxshi ko’rishingizni his etmagan bo‘lishingiz mumkin.

Farzandingiz bu dunyoga ikki yo‘l bilan kelishi mumkin: tabiiy tug‘ruq orqali yoki kesarcha kesish yo’li bilan tug’ilishi mumkin. Ikkala usulning eng asosiy maqsadi bu sog‘lom bola tug‘ilishini taminlashdir. Farzandingiz qay holatda tug‘ilishi uning ichak mikrobiotasining rivojlanishiga ta’sir qiladi.

Tabiiy tug‘ruq yo‘li bilan tug’ilgan bolalar tug’ruq kanali orqali o‘tayotganda foydali bakteriyalarning birlamchi dozasini oladi, bu ularning immunitet tizimini kuchaytiradi va ichakni himoya qiladi. Kesarcha kesish yo’li orqali tug‘iladigan bolalarga birlamchi bakteriyalar yetishmasligi ehtimoli bor. Ammo tashvishlanmang! Ko‘krak suti kichkintoyning ichak va immun tizimi rivojlanishiga yordam beradi.

To’g’ri oziqlanish immunitet tizimini qo’llab-quvvatlaydi

Ovqatlanish tartibi sog‘lom ichak rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, ona suti bolangizning immunitet tizimini rivojlantirishga foydalidir. Uning tarkibida probiotiklar deb ataladigan foydali bakteriyalar va shunday foydali bakteriyalarni oziqlantiruvchi, probiotikalar deb ataladigan ozuqaviy komponentlar mavjud. Probiotikalar chaqalog’ingizning ichagida joylashadi, u yerda immunitet hujayralarining 70-80% joylashadi va u yerda zararli bakteriyalar paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beradi. Probiotiklar va prebiotik tolalari birgalikda ichak mikroflorasini yaratish ustida ishlashadi, foydali bakteriyalarning o‘sishiga yordam beradi, shu yo‘l bilan immun tizimni infeksiyalar bilan kurashishni o‘rgatadi.

Agar sizda bolangizni emizishga imkoningiz bo’lmasa yoki emizishni istamasangiz, iltimos, chaqaloqlar uchun aralashmalar bo’yicha maslahat olish uchun shifokorga albatta murojaat qiling. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, prebiotikalar va probiotikalarga boy bolalar aralashmasi foydali bakteriyalar darajasini oshiradi va bolaning ichak mikrobiotasi va immunitet tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x