Bolaga taom tayorlash

Uyning saranjom-sarishtaligi

Uy taomlarini xavfsiz tayyorlash

Agar farzandingiz uchun mustaqil ravishda taom tayorlamoqchi bo’lsangiz , bolani barcha kerakli ozuqaviy moddalar bilan qanday ta’minlash mumkinligini aytamiz. Taomlarni xavfsiz tayyorlash usullari va bola sog‘ligini himoyalash uchun uning ratsionida qaysi ingrediyentlarni cheklash yoki qo‘shmaslik haqida bilib oling.

ona va chaqaloq belgisi

Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi

Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling

Bola uchun taom qanday tayyorlanadi: eng muhimi – xavfsizlik

Bolaning immunitet tizimi hali to‘liq rivojlanmaganligi bois uning oshqozoni buzilishi mumkin. Shuning uchun uni gigiyenaga qat’iy amal qilingan holda ovqatlantirish va mahsulotlarni xavfsiz tayyorlash muhimdir.

Bola uchun taom tayyorlash bo‘yicha bir nechta maslahatlarni e’tiboringizga havola qilamiz:

  • Tayyorgarlik. Qo‘llaringiz, yuzalar, kosa, tarelka va oshxona jihozlari to‘liq toza bo‘lsin. Bola 6 oylikdan kichik bo‘lsa, kasallik chaqirishi mumkin bo‘lgan bakteriyalar bo‘lmasligi uchun kosa, tarelka va oshxona jihozlarini sterillang.
  • Go‘sht va baliq pishirish. Go‘sht yaxshilab pishirilishi kerak, unda qizg‘ish bo‘lib qolib ketgan joylari bo‘lmasin. Baliq esa qattiq va qat-qat bo‘lib pishirilishi lozim. Hali u yumshoq bo‘lsa, demak u yaxshi qovurilmagan. Bola uchun baliq pishirishning eng ma’qul usuli – uni zarqog‘ozda toblab pishirish, chunki baliqqa yaxshilab termik ishlov berilsa ham, u mayinlikni yo‘qotmaydi va maydalab chaynash oson bo‘ladi.
  • Mevalar va sabzavotlar. Foydalanishdan oldin yaxshilab yuving. Sabzavotlarni bug‘da tayyorlash – pishirishning eng yaxshi usuli, chunki ular ozuqaviy moddalarning aksariyat qismini saqlab qoladi. Agar bug‘da pishirgich jihozingiz bo‘lmasa, shunchaki suv qaynatadigan yopiq kastryulkada metall chovlidan foydalaning.
  • Taomni dasturxonga tortish. Barcha bakteriyalar to‘liq yo‘q bo‘lishi uchun bolaning ovqati pishib bo‘lgan va issiq bo‘lishi kerak. Ovqatni dasturxonga tortishdan oldin uni kerakli haroratgacha soviting.

Bolaga ovqat tayyorlashda miqdorini cheklash yoki qo‘shmaslik tavsiya etiladigan mahsulotlar va masallig‘lar

Bolalar uchun muvozanatlashtirilgan parhez kattalarga mos keladiganidan keskin farq qiladi. Rivojlanib borayotgan organizmni himoyalash uchun yaxshisi qo‘shmaslik yoki miqdorini cheklash lozim bo‘lgan mahsulotlar va masallig‘lar quyidagilarni tashkil etadi:

• Tuz

• Shakar

• Kletchatka — ozgina qo‘shish mumkin

• Yog‘siz mahsulotlar

Tuz

Organizm ko‘plab muhim funksiyalarni bajarishi uchun har bir odamga tuz zarurdir. U ovqat hazm qilish yo‘lidan suyuqlikni singdirishga yordam beradi va organizmda suv muvozanatini saqlaydi. Biroq hattoki kattalar ham bir kunda uncha ko‘p miqdorda bo‘lmagan tuz iste’mol qilishlari kerak, chaqaloqlarning iste’mol me’yori undan ham kam1.

Hozirda mavjud ma’lumotlar asosida aytish mumkinki, go‘daklikda ko‘p miqdorda tuz iste’mol qilish rivojlanayotgan buyraklarga salbiy ta’sir qilishi va yosh o‘tgani sari arterial qon bosimi oshishiga olib kelishi mumkin2.

Bundan tashqari, bolalikda shakllangan ovqatlanish odatlari keksalik davridagi ovqatlanish modeliga ta’sir qilishi haqida dalillar mavjud, shuning uchun sho‘r ovqatlarga bo‘lgan mayl aynan erta yosh davrida rivojlanadi.

Bolani tarkibida tuzi kamroq ovqatlarga o‘rgatib borsangiz, unga moyillikning rivojlanish ehtimolini ham kamaytirgan bo‘lasiz.

Farzandingizning tuz iste’molini cheklang

Bola dunyoga kelganidan keyin dastlabki 6 oyda ona sutidagi tuz miqdori uning normal o‘sishi va rivojlanishi uchu yetarli. Biroq sutdan ayirish vaqtida farzandingizning tuz iste’moliga ko‘proq e’tibor berishingiz kerak bo‘ladi.

Bola me’yordan ortiq tuz iste’mol qilmasligi uchun uning ratsioniga kiritishingiz mumkin bo‘lgan bir nechta o‘zgartirishlar quyidagilar:

  • Bola uchun ovqat tayyorlaganda ortiqcha tuz solmang. Ovqat sizga chuchuk tuyulishi mumkin, ammo bola uchun bu chuchuklik qilmaydi.
  • Tayyor, xarid mahsulotlaridagi tuzga e’tibor bering. Bolalar ovqati tarkibiga tuz qo‘shish mumkin emas, ammo bolalar uchun mo‘ljallanmagan qayla va tayyor bo‘tqalar kabi mahsulotlar tarkibida ko‘pincha tuz miqdori yuqori bo‘ladi.
  • Hattoki non, pishloq va yormalar tarkibida ham tuz mavjud. Tarkibida tuz mavjudmasligini yoki uni kam miqdordaligini ko‘rsatuvchi yorliqlarni qiyoslang. 100 g mahsulotda 1,5 g tuz yoki uning muqobili 0,6 g natriy bo‘lsa, bu tuz miqdori yuqori degani. 100 g mahsulotda 0,3 g tuz yoki uning muqobili 0,1 g natriy bo‘lsa, bu tuz miqdori kam degani. Ushbu kattaliklar orasidagi tuz miqdori mo‘tadil sanaladi.

Farzandingiz ko‘p miqdordagi tuz iste’mol qilmayotganligiga amin bo‘lish uchun ovqatni, yaxshisi, unga alohida tayyorlang.

Bola uchun qancha tuz kerak bo‘ladi?

Tuzning tavsiya etiladigan iste’mol me’yori quyidagicha1:

YoshiTuzning tavsiya etiladigan iste’mol me’yori quyidagicha1:
0-6 oylik<1 g/kun
6-12 oylik1 g/kun
1-3 yosh2 g/kun

Shakar

Bolalar ko‘krak suti va mevalar kabi shirin narsalarni xush ko‘rishadi, chunki bu biologiya bilan bog‘liq. Faktlarga tayansak, har qanday parhez, reklama yoki zamonaviy texnologiyalarga bog‘liq bo‘lmagan tarzda, butun dunyo bo‘ylab chaqaloqlar va bolalar o‘rtasida shirin taomlar va ichimliklarga mayl yuqori.

Yaqindagina olib borilgan tadqiqoqlar shuni ko‘rsatadiki, shirinlikka bo‘lgan havas shakarning og‘riq qoldiruvchi xususiyatiga ta’sir qilishi mumkin3.

Bolaning ratsioniga shakarni kiritish keyinchalik shirinlikka ruju qo‘yish ehtimolini oshirishi isbotlangan4.

Shirinlik yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi…

Farzandingizni yangi bir taomni yeb ko‘rishiga undash uchun unga shakar qo‘shish g‘oyasi qiziq albatta, ammo bu keyinroq plombalashga va hattoki tishdan ayrilishga olib keladigan kariyes kabi jiddiy stomatologik muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa shakar qo‘shilgan ichimliklar tish uchun zararli.

Bola shirinlikka ruju qo‘yishini oldini olish

Zararli odatlarni keyinroq o‘zgartirgandan ko‘ra, ertaroq sog‘lom ovqatlanishga amal qilgan osonroq. Shu boisdan farzandingizning ovqatiga shakar qo‘shmang va bolalar uchun mo‘ljallanmagan mahsulotlarni ularga bermang, chunki bunday mahsulotlar tarkibida shahar miqdori ko‘p bo‘ladi.

Siz bola uchun mos keladi deb hisoblagan ayrim mahsulotlarda shakar miqdori nihoyatda ko‘p bo‘lishi mumkin. Suxariklar, quruq mevalar, pechenyelar, bolalar ovqati va ichimliklar – bor-yo‘g‘i bir necha misollar xolos.

Mahsulotlar tarkibidagi shakar miqdori haqida batafsil bilib olish uchun oziq-ovqat mahsulotlarining yorliqlarini tekshiring. Yorliqdagi “Uglevodlar” raqamiga qarang. Tarkibida shakar miqdori yuqori mahsulotlarning 100 g.da 22,5 g yoki undan ko‘proq shakar bo‘ladi, tarkibida shakar miqdori kam mahsulotlarning 100 g.da 5 g yoki kamroq shakar bo‘ladi. Tabiiy shakar uning qayta ishlangan turlariga nisbatan bola uchun ancha foydali degan gaplarga ishonmang. Shakarning barcha turlari bir xil quvvat beradi va rivojlanayorgan tishlar uchun juda zararli.

Ichimliklar haqida so‘z ketganda aytish mumkinki, shirin ta’m berilgan meva sharbatlari, sutli kokteyllar va xushbo‘y ta’m berilgan suv odatda shakar bilan to‘yintiriladi. Shirin bo‘lmagan meva sharbati ichimlikning ancha ma’qul varianti bo‘lib, unga hattoki suv qo‘shish ham mumkin.

Yaxshisi, bolaga faqat sut va suv bering. O‘n ikki oygacha sigir suti bermagan yaxshiroq. Shirinliklar o‘rniga yengil yeguliklar sifatida yangi uzilgan mevalar, tostlar va shirin bo‘lmagan guruchli kulchalar kabi sog‘lom mahsulotdan bering.

Tarkibida kletchatka miqdori ko‘p va yog‘ miqdori kam mahsulotlar

Bola tez o‘sishi va rivojlanishi uchun ko‘p energiya va ozuqaviy moddalar kerak bo‘ladi. Ammo uning oshqozoni kichik va katta porsiyalarda unga nimadir berib bo‘lmaydi. Shuning uchun u energiya va ozuqaviy moddalarni kamroq mahsulotdan olishi kerak6. Bu tarkibida yog‘ kam va kletchatka ko‘p mahsulotlar bolalar oziq-ovqatini tayyorlashga mos kelmaydi degani.

Yog‘ bola uchun vitaminlar va ebergiyaning muhim manbasi sanaladi, shu boisdan yog‘siz sut va sut mahsulotlari ham uning ratsioniga mos kelmaydi. Qaymog‘i olinmagan sut va yoki yogurtdan foydalaning, ammo 12 oylikkacha sigir sutini ichimlik sifatida berish tavsiya etilmasligini yodda tuting. Yarim yog‘sizlantirilgan sutni 2 yoshgacha berib bo‘lmaydi.

Tarkibida kletchatka ko‘p bo‘lgan ovqat bolada u kerakli energiyani olmasdan turib to‘yganlik hissiga sabab bo‘lishi mumkin. Biroq bolalarni yormali va butun donli ovqatlarni yeyishga ancha barvaqt o‘rgatish keksalik davrida ushbu mahsulotlarga bo‘lgan xohishni kuchaytiradi. Non va yormalarning har xil turlari aralashmasini sinab ko‘ring. Oq va yormali unlar aralashmasi ratsion uchun yaxshi mahsulot; bola ratsionida to‘laqonli, sog‘lom va muvozanatlashitirilgan parhezga amal qilinmaguncha kepak bilan boyitilgan boshoqli o‘simliklardan saqlaning. Bolaga tarkibida kletchatka ko‘p yoki kam har xil turdagi boshoqli mahsulotlar berib, ularning yetishmovchiligi va qabziyat bilan bog‘liq muammolarni oldini olishingiz mumkin.

Bolalar ratsioniga kiritish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar:

• Pasta uchun qaylalar va tez tayyorlanadigan bo‘tqalar kabi kattalar uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar.
• Bolalar uchun shirin mahsulotlar — har doim yorliqlarni o‘qib tekshiring.
• Shirin ichimliklar.
• Yog‘siz yogurt va pishloq.

Bolalar ratsioniga kiritish tavsiya etiladigan mahsulotlar:

• Kartoshka, sabzi, qovoqcha, bryukva va pasternak kabi sabzavotlar.

• Banan, nok, avokada, olxo‘ri, olma va shaftoli kabi mevalar

• Guruch

• Yog‘li yogurt va pishloq

  1. SACN. Salt and Health Report [Online]. 2003. Available at: www.sacn.gov.uk/pdfs/sacn_salt_final.pdf [Accessed June 2014]
  2. NHS UK. Salt [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/Livewell/Goodfood/Pages/salt.aspx [Accessed June 2014]
  3. Ventura AK, Mendella JA. PubMed. Innate and learned preferences for sweet taste during childhood [Online]. 2011. Available at: www.ncbi.nlm.nih.gov/pubmed/21508837 [Accessed June 2014]
  4. Liem DG, Menella JA. Sweet and sour preferences during childhood: Role of early experiences. Dev Psychobiol 2002;41(4):388–395.
  5. NHS UK. How to avoid giving your baby a sweet tooth [Online]. Available at: www.nhs.uk/start4life/Pages/babies-avoiding-sugar-sweet-foods.aspx [Accessed June 2014]
  6. NHS UK. What to feed young children [Online]. 2014. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/Pages/understanding-food-groups.aspx#starch [Accessed June 2014]

Yangilangan sana: 2014-yil 21-avgust

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x