Bizning Nutrilon Premium aralashmalarimiz qanday tayyorlanadi?

Umumiy maʼlumot

Bizning sutli aralashmalarimiz bolalar salomatligiga gʻamxoʻrlik va professionallik bilan yaratilgan. Biz qanday qilib yangi sogʻilgan sigir sutidan moslashtirilgan aralashmalar tayyorlashimiz haqida koʻproq bilib oling.

Biz sutli aralashmamizning xavfsizligiga ham, sifatiga ham birday eʼtibor qaratamiz va biz unga qoʻshadigan ingrediyentlarning oʻzaro birikmasini sinchkovlik bilan koʻrib chiqamiz.  Nutrilonʼning sifat va xavfsizlik kafolati haqida koʻproq maʼlumot oling.

Fermadan tayyor mahsulotgacha

Nutrilon Premium uchun dastlabki xom ashyo yangi sogʻilgan sigir sutidir. Keyin, yuqori sifatli ingrediyentlardan, shuningdek, bizning 40 yillik tadqiqotlarimiz natijasida olingan bilimlarimizdan foydalangan holda, biz ushbu sutdan aralashma tayyorlaymiz.

Biz bolaning oʻsishi va rivojlanishining turli bosqichlari uchun mos keladigan asosiy qoʻshimchalar nisbatini muvozanatlashtiramiz. Kukunli aralashmalarni yaratish uchun biz boyitilgan sutni yuqori bosimli purkagich yordamida va issiq filtrlangan havodan foydalangan holda quritamiz.

Nutrilon kukunsimon sutli aralashmalari maxsus ishlab chiqilgan qadoqlarga solinadi va soʻngra u yerga siz beradigan har bir qoʻshimcha ovqat tarkibidagi ozuqaviy moddalar toʻgʻri miqdorda boʻlishini taʼminlash uchun oʻlchov qoshiqchasi qoʻshiladi. Bizning foydalanishga tayyor shisha idishlardagi mahsulotlarimiz ham xuddi shunday sinchkovlik bilan tayyorlanadi.

Yakuniy tekshiruvlar, jumladan qadoqlashdan oldin va keyin muntazam ravishda namuna olish, shuningdek, ozuqaviy moddalar tarkibini sinovdan oʻtkazish har bir tayyor qadoqdagi mahsulotning bizning mahsulotimiz xususiyatlariga qoʻyadigan qatʼiy talablarimizga mosligini kafolatlaydi.

Sifat kafolati

Biz sizga va farzandingizga eng yaxshi narsalarni taqdim etishga intilmoqdamiz.

Biz oʻz savdo belgimiz ostida supermarketlar uchun mahsulotlar ishlab chiqarmaymiz.
Bizning yuqori sifatga sodiqligimiz haqida batafsil oʻqib chiqing.

Muhim eslatma

Yangi tugʻilgan chaqaloq uchun eng yaxshi ozuqa manbayi ko‘krak sutidir. Ammo, buning iloji boʻlmagan hollarda, sutli aralashma kichkintoy uchun eng maqbul yechim bo‘la oladi. Nutrilon Premium 3 bolalar sutli aralashmasi faqat 1 yoshdan katta bo’lgan bolalar uchin ularning muvozanatli ovqatlanishining bir qismi sifatida berish uchun moʻljallangan va ona sutining oʻrnini bosuvchi vosita sifatida foydalanilmasligi kerak. Biz sutli aralashmadan foydalanishga oid barcha qarorlar, jumladan, bolani sutdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror ham shifokor, doya, tibbiyot maslahatchisi, hamshira, diyetolog, farmatsevt yoki ona va bola salomatligi uchun masʼul boʻlgan boshqa mutaxassisning tavsiyalari bo‘yicha va bolaning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda qabul qilinishini qatʼiy tavsiya etamiz.

Agar farzandingizda sigir sutiga allergiya tashxisi qo‘yilgan boʻlsa, aralashmadan foydalanmang.

Kichkintoyingiz 1 yoshga to‘lganidan keyin uning xilma-xil muvozanatli ratsioni doirasida 3-darajali sutli aralashmadan foydalaning.

x