Nutricia haqida

Chaqaloqlarni parvarish qilish boʻyicha 100 yildan ortiq tajribasi va koʻkrak suti va bolalarni erta yoshdan ovqatlantirish boʻyicha 40 yillik tadqiqotlari tufayli Nutricia Early Life Nutrition ota-onalar, vasiylar va tibbiyot xodimlarini qoʻllab-quvvatlash uchun ilm-fan va tajribalarni birlashtiradi.

Kompaniya sifatida biz doimo onalar, chaqaloqlar va bir yoshdan oshgan bolalar uchun mahsulotlardan tortib, ota-onalar va tibbiyot xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, erta yoshdan bolalarning ovqatlanishini rivojlantirishga hissa qoʻshishgacha, barcha yoʻnalishlarda rivojlanishga intilamiz. Aynan shuning uchun bizning tadqiqotlarimiz hech qachon toʻxtamaydi. Nutriciaʼda biz bolalarni erta yoshda ovqatlantirish sohasida yangi ilmiy kashfiyotlar va tadqiqotlarga faol hissa qoʻshishga intilmib kelyapmiz.

Bizning mehnatlarimiz natijalari bizga quyidagilarni amalga oshirish imkonini bermoqda:

  • Ota-onalar va tibbiyot xodimlariga, ular uchun foydali boʻlgan maʼlumotlar va maslahat xizmatlarini taqdim etish;
  • Chaqaloqlar va bir yoshdan katta bolalarning joriy holatiga va ularning kelgusidagi salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan sogʻlom oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish;
  • Bugungi kunda va kelgusida bolalar salomatligini shakllantirishga yordam beradigan koʻp sonli tadqiqotlarga hissa qoʻshish;
  • Nutricia Danone kompaniyasining bir qismi hisoblanadi, shuning uchun bizning ishimiz bizning umumiy maqsadimizni aks ettiradi, bizning maqsadimiz esa, shubhasiz imkon qadar koʻproq odamlarga, xususan boʻlgʻusi onalarga va allaqachon ona boʻlganlarga, chaqaloqlar va bir yoshdan oshgan bolalarga oziq-ovqat mahsulotlari orqali salomatlik ulashishdir. Bolalarni erta yoshda ovqatlantirish borasida tibbiyot xodimlarini qoʻllab-quvvatlash va oʻqitish ham bizning falsafamizning muhim qismidir.

Nutricia kompaniyasida oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi eng birinchi oʻrinda turadi. Bizda ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichi boʻyicha qatʼiy siyosat mavjud va bizning har bir xodimimiz bizning yuqori sifat standartlarimizga mos mahsulot ishlab chiqarishimizda bizga yordam berishga intiladi.

Sogʻliqni saqlash masalalari bilan shugʻullanuvchi kompaniya sifatida biz oʻz ijtimoiy masʼuliyatimizga jiddiy yondashamiz. Biz ishlab chiqarishning imkon qadar barcha jarayonlarida ekologik xavfsiz jarayonlarini qoʻllash orqali oʻzimiz ishongan narsalarni hayotga tatbiq etamiz va sogʻliqni saqlash sohasidagi joriy tashabbuslarimiz orqali mahalliy jamoalarni va keng jamoatchilikni qoʻllab-quvvatlaymiz.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun eln.nutricia.co.uk saytiga tashrif buyuring

x