Cookie fayllar haqida bayonot

Biz Nutricia Export B.V.ʼda («Nutricia») cookie fayllardan qanday foydalanishimiz va bu siz uchun nimani anglatishi toʻgʻrisidagi savollar borasida ochiq va shaffof boʻlishni xohlaymiz. Biz foydalanadigan baʼzi cookie fayllar bizning veb-saytimizning ishlashi uchun zarur, ammo siz oʻchirib qoʻyishingiz yoki bloklab qoʻyishingiz mumkin boʻlgan cookie fayllar ham bor.

Siz bilan biz bilan boʻlishadigan axborotlar borasida ongli tanlovni amalga oshira olishingiz uchun biz sizga oʻzimiz foydalanadigan cookie fayllar haqida yetarlicha maʼlumotni taqdim etishga harakat qilamiz. Agar sizda qoʻshimcha savollar yoki sharhlar boʻlsa, hech ikkilanmasdan bizning “Aloqa maʼlumotlari” sahifamiz orqali bizga murojaat qiling.

Cookies nima?

Cookie – bu kompyuteringizda yoki mobil qurilmangizda saqlanadigan kichik fayl. U sizning qurilmangizga moʻljallangan oʻziga xos identifikatorga ega va u veb-saytga sizning harakatlaringizni va afzalliklaringizni (masalan, joylashgan joy, til, shrift oʻlchami va maʼlumotni ekranga chiqarishning boshqa parametrlarini) eslab qolishga imkon beradi. Shu tarzda, har safar veb-saytga kirganingizda yoki bir sahifadan boshqasiga oʻtayotganingizda maʼlumotlarni qayta kiritishingizga toʻgʻri kelmaydi. Cookie fayllar, shuningdek, sizning maʼlumotlarni koʻrib chiqish tajribangizni optimallashtirishga yordam berishi mumkin.

Hamma cookie fayllar ham shaxsiy axborotlarni oʻzida saqlamaydi, ammo  ular mavjud boʻlgan joyda, biz bu maʼlumotlarni bizning maxfiylik toʻgʻrisidagi bayonotimizga muvofiq shaxsiy maʼlumotlar sifatida koʻrib chiqamiz. Shuningdek, agar cookie fayllar sizning hisob qaydnomangiz yoki boshqa aloqa maʼlumotlaringiz bilan bogʻliq boʻlsa, biz ularni shaxsiy maʼlumotlar sifatida qayta ishlaymiz.

Cookies turlari

Cookie fayllarning ikkita katta toifasi mavjud: doimiy va seansli. Doimiy cookie fayllar sizning qurilmangizda to siz uni qoʻlda yoki avtomatik ravishda oʻchirmaguningizcha saqlanib qoladi. Seansli cookie fayllar esa sizning qurilmangizda to siz brauzeringizni yopguningizcha saqlanadi va shu sababli brauzeringizni yopishingiz bilan avtomatik ravishda oʻchiriladi.

Nima uchun biz cookie fayllardan foydalanamiz?

Biz asosan bir necha sabablarga koʻra cookie fayllardan foydalanishimiz mumkin:

• Cookie fayllar veb-saytning ishlashi uchun juda zarur va ular sizga biz taqdim etayotgan xizmatlardan foydalanish imkonini beradi;

• Cookie fayllar bizning veb-saytimizdan foydalanish va uning ishlashi bilan bogʻliq maʼlumotlarni toʻplaydi. Biz ushbu maʼlumotlardan onlayn mahsulot va xizmatlarimizni yaxshilash uchun foydalanamiz;

• Cookie fayllardan biz sizning veb-saytimizdagi tajribangizni personallashtirish va muqobillashtirish uchun foydalanamiz. Ushbu cookie fayllar sizning tanlovingiz haqidagi, masalan, matn hajmi, tili va ekran oʻlchamlari kabi axborotlarni saqlaydi.

• Cookie fayllar uchinchi shaxs tomonidan ilgʻor xizmatlar uchun yoki reklama maqsadida joylashtiriladi (masalan, ijtimoiy tarmoqlar cookie fayllari).

Marhamat, biz foydalanadigan cookie turlari haqida yanada koʻproq tushunchaga ega boʻlish uchun quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni koʻrib chiqing.

Juda zarur boʻlgan cookie fayllar

Bu bizga siz uchun veb-saytning toʻgʻri ishlashini taʼminlashda kerak boʻladigan va biz taqdim etayotgan xizmatlardan foydalanishingizga imkon beradigan cookie fayllardir.

Bu cookie fayllar bloklangan boʻlsa, siz bizning veb-saytimizdan foydalana olmaysiz.

MaqsadlarToʻplanadigan maʼlumotlar turiCookie nomi Maʼlumotlarni saqlash davri
OneTrust yoki cookie fayllar va onlayn cookie fayllarning istalgan taʼminotchisi va shaxsni tasdiqlovchi

Cookiebot

Cookie fayllardan foydalanishga rozilikni boshqarish uchun moʻljallangan har qanday platforma, ammo bu hali qabul qilinmagan.

Joriy domen uchun cookie fayllardan foydalanishga foydalanuvchining roziligi maqomini saqlashCookieConsent1 yil

Tahlil qilish va foydalanish uchun moʻljallangan cookie fayllar

Bu cookie fayllar bizning veb-saytimizning qaysi qismlariga tashrif buyurilganligini aniqlash uchun trafik tuzilishini oʻlchashga yordam beradi. Biz bu axborotdan oʻzimizning onlayn mahsulot va xizmatlarimizni yaxshilash maqsadida tashrif buyuruvchilarning odatlarini oʻrganishda foydalanamiz. Biz tendensiyani tahlil qilish, saytni boshqarish, foydalanuvchi harakatlarini kuzatish va keng demografik axborot toʻplash uchun IP-manzillarni (yaʼni Internetga ulangan kompyuterlarning elektron manzillarini) roʻyxatdan oʻtkazishimiz mumkin.

Bu cookie fayllar veb-sayt uchun juda zarur emas va biz ularni joylashtirishdan oldin har doim sizning roziligingizni soʻraymiz. Siz istalgan vaqtda oʻz roziligingizni bekor qilishingiz mumkin. Batafsilroq maʼlumot olish uchun quyidagilarni koʻrib chiqing.

MaqsadlarToʻplanadigan maʼlumotlar turiCookie nomi Maʼlumotlarni saqlash davri
Google Analytics / Google Tag ManagerCookie fayllar turli foydalanuvchilar (_gid) uchun va soʻrovlarning tezligini cheklash uchun (_gat) ishlatiladi._ga
_gid
_git
Oxirgi tashrifga – 2 yil
Bizning Google Analytics veb-saytimiz (veb-analitika) tomonidan o‘rnatiladigan asosiy cookie fayllari. Cookie fayllari foydalanuvchilarni farqlash (_gid) va so‘rovlar tezligini cheklash (_gat) uchun qo‘llaniladi, ularning tugash vaqti esa, oxirgi tashrifdan boshlab 1 daqiqa (_gat) va 24 soat (_gif) qilib belgilanadi.

Personallashtirish uchun moʻljallangan cookie fayllar

Bu cookie fayllar bizga sizning kompyuteringizni tanib olishimizga va siz har safar veb-saytimizga tashrif buyurganingizda sizni roʻyxatdan oʻtish yoki tizimga kirish soʻrovi bilan bezovta qilmasdan salomlashishimizga imkon beradi.

Bu cookie fayllar veb-sayt uchun zarur hisoblanmaydi, ammo ular sizning ishingizni yaxshilaydi. Cookie fayllarni joylashtirishdan oldin biz har doim sizning roziligingizni soʻraymiz. Siz xohlagan vaqtda oʻz roziligingizni bekor qilishingiz mumkin. Batafsil maʼlumot olish uchun quyidagiga qarang.

MaqsadlarToʻplanadigan maʼlumotlar turiCookie nomi Maʼlumotlarni saqlash davri
Google Adwords

Bu cookie fayllar veb-saytimiz orqali bizning reklama boʻyicha hamkorlarimiz tomonidan oʻrnatilgan boʻlishi mumkin. Ushbu kompaniyalar sizning qiziqishlaringiz profilini yaratish va boshqa saytlarda tegishli reklamalarni namoyish qilish uchun ulardan foydalanishlari mumkin.

Ular shaxsiy axborotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri saqlamaydi, balki sizning brauzeringiz va Internet-qurilmangizning oʻziga xos identifikatsiyasiga asoslanadi. Agar bu cookie fayllardan foydalanishga ruxsat bermasangiz, sizda manzilli reklamalar kamroq chiqadi.

Baʼzan reklama cookie fayllari siz tashrif buyuradigan sayt domenida oʻrnatilgan boʻlishi mumkin. Biz Internetda joylashtiradigan reklama uchun moʻljallangan “__gads” yoki “__gac” nomli cookie fayllar siz tashrif buyuradigan sayt domenida oʻrnatilgan boʻlishi mumkin. Googleʼning shaxsiy domenida oʻrnatilgan cookie fayllardan farqli oʻlaroq, bu cookie fayllarni, agar siz ular oʻrnatilgan saytdan boshqa saytda turgan boʻlsangiz, Google oʻqiy olmaydi. Ular bu domenda reklama bilan oʻzaro harakatni kuzatish va ayni bitta reklamani haddan ortiq tez-tez koʻrsatilishining oldini olish kabi maqsadlar uchun xizmat qiladi.

Google, shuningdek, konversiyani hisoblashga moʻljallangan cookie fayllardan, masalan, asosiy maqsadi reklama beruvchilarga ularning reklamalarini bosgan foydalanuvchilar ularning saytlarida necha marta biron bir harakatni amalga oshirganligini, masalan, xaridni amalga oshirishganligini aniqlashga yordam beruvchi “__gcl” cookie fayllardan foydalanadi. Bu cookie fayllar Googleʼga va reklama beruvchiga sizning reklamani bosganingizni va shu orqali reklama beruvchining saytiga oʻtganingizni aniqlashga imkon beradi. Konversiyani hisoblash uchun moʻljallangan cookie fayllar Google tomonidan personallashgan reklama maqsadlari uchun foydalanilmaydi va faqat muayyan vaqt davomida amal qiladi. Bizning boshqa baʼzi cookie fayllarimizdan ham konversiyani hisoblash uchun foydalanish mumkin._gat
__gads
__gac
Cookie fayllar faqat bizning veb-saytimizda Siz cookie fayllardan foydalanishni tanlasangizgina oʻrnatiladi. Cookie fayllarning (test_cookieʼdan tashqari) amal qilish muddati 1,5 yilni tashkil etadi. Siz Googleʼning reklamalarini kuzatishni mana bu yerdan , boshqa reklama tarmoqlarinikini esa, — mana bu yerdan butunlay rad etishingiz mumkin.

Tashqi cookie fayllar

Bu cookie fayllar bizning veb-saytimizga uchinchi shaxs tomonidan bizning nomimizdan joylashtirilgan cookie fayllardir. Cookie fayllar bizga boshqa veb-saytlarda siz bizning veb-saytimizda qanday sahifalarni koʻrganingiz kabi siz haqingizdagi axborotga asoslangan personallashgan reklama eʼlonlarini yaratishimizga imkon beradi. Bizning veb-saytlarimiz, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar kabi boshqa xizmatlar uchun cookie fayllarni joylashtirishi mumkin.

Cookie fayllarni veb-saytimizga joylashtirgan uchinchi shaxslarga biz hech qanday shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etmaymiz. Biroq, uchinchi tomonlar bizning veb-saytimizda aks etgan personallashgan reklama yoki tarkib bilan oʻzaro harakatga kirishayotgan yoki ularni bosayotgan, eʼlon yoki tarkib tomonidan yoʻnaltirilgan guruhga kirayotganlarni bilib olishi ham mumkin. Bizda reklama beruvchilar va uchinchi tomon saytlari foydalanishi mumkin boʻlgan cookie fayllar yoki boshqa funksiyalarga kirish yoki ularni boshqarish imkoniyati mavjud emas. Bu uchinchi shaxslarning axborot amaliyotlari bizning maxfiylik haqidagi yoki cookie fayllar haqidagi bayonotimiz bilan tartibga solinmaydi. Maxfiylik siyosati haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun bevosita biz bilan bogʻlaning.

Bu cookie fayllar veb-sayt uchun zarur hisoblanmaydi va biz har doim ularni joylashtirishdan oldin sizning roziligingizni soʻraymiz. Siz xohlagan vaqtda oʻz roziligingizni bekor qilishingiz mumkin. Qoʻshimcha maʼlumot uchun quyidagiga qarang.

MaqsadlarToʻplanadigan maʼlumotlar turiCookie nomi (ushbu maʼlumotlarni kiritishni xohlaymizmi?)Maʼlumotlarni saqlash davri
Facebook Pixel

Facebook Login

Facebook ijtimoiy plagini ( layk / boʻlishish /
saqlash / sharhlar)

Facebook Messenger plagini

https://www.facebook.com/­legal/­technology_terms
https://www.facebook.com/­legal/terms/­businesstools
Havolalar boʻyicha Tbf va FB cookie fayllaridan foydalanishning umumiy qoidalari

Sizning afzalliklaringiz

Siz oʻz qurilmangizga joylashtirilgan cookie fayllarni cheklashingiz, bloklashingiz yoki hatto oʻchirib yuborishingiz ham mumkin. Bunday holatda, siz bizning veb-saytimizning ayrim qismlariga kirish imkoniyatidan mahrum boʻlasiz va biz sizni ilgari hech qachon bizning sahifalarimizga tashrif buyurmagansiz deb oʻylashimiz mumkin va shuning uchun bunday holatda biz sizga yana cookie fayllar haqidagi bildirishnomani taqdim etamiz va ularni joylashtirish uchun sizning roziligingizni soʻraymiz.

Bizning veb-saytimizda cookie fayllarni boshqarishda sizga yordam beradigan uskuna mavjud. Bu uskunani topish uchun havolasi orqali oʻting yoki mana bu yerni bosing.

Biz bilan qanday bogʻlanish mumkin?

Agar sizda cookie fayllar bilan bogʻliq qandaydir savollar, fikrlar yoki takliflar boʻlsa, biz bilan “Aloqa maʼlumotlari” sahifasi yordamida bogʻlaning.

x