Tugʻishni rejalashtirish

O’qish vaqti : 4 daqiqa

Birinchi farzandni dunyoga keltirish – bu faqat bir marta kuzatiladigan tajribadir, shuning uchun siz bu jarayonni, albatta yaxshilab oʻylab chiqishni xohlaysiz. Agar siz oʻz xohish-istaklaringizni – tugʻruq paytidagi pozangizdan va ogʻriqni yengillashtirishda foydalaniladigan vositalardan tortib, tugʻruq paytida musiqa qoʻyilishigacha barcha shartlarni yozsangiz bu sizning hamrohingiz va doyangizga barcha narsani kerakli tarzda tashkillashtirishda yordam beradi.

Tugʻruq rejasini yozish haqida, qanday tekshiruvlardan oʻtish kerakligi haqida va tugʻruqxonada va uyda tabiiy tugʻruqni rejalashtirish yoki kesarcha kesish usuli bilan tugʻruqni rejalashtirish shablonlari haqida bilib olish uchun davomini oʻqing.

Bepul onlayn-instrumentlar

Bizning taxmin qilingan tug‘ruq sanasi hisoblagichimizdan boladagi belgilarni tekshirishning qulay vositasigacha amaliy instrumentlar

Tugʻruq rejasini qanday tuzish kerak?

Tugʻruq rejasi sizning toʻlgʻoqlar paytida va tugʻruq paytida nimalarni afzal koʻrishingizni ko‘rsatib beradi. U sizga oʻz istaklaringiz haqida oʻylash imkonini beradi va doya uchun siz tugʻruqning qaysi turini afzal koʻrishingiz haqida qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi. Siz unga oʻzingiz istagancha detallarni kiritishingiz va istalgan vaqtda, tugʻruqdan oldin ham yoki tugʻruq paytida ham oʻzgartirish kiritishingiz mumkin.

Tugʻruq rejasini tuzishdan oldingi tekshiruvlar

Agar siz tugʻruqdan oldingi kurslarga qatnayotgan boʻlsangiz, unda shubhasiz sizga tugʻruq rejasi haqida maʼlumot berishadi. Shuningdek, siz yaqinda farzand koʻrgan doʻstlaringizdan maslahat soʻrashingiz mumkin. Bundan tashqari, qanday ogʻriqsizlantirishdan turlaridan foydalanilganda nimalar boʻlishini bilish uchun ogʻriqsizlantirish variantlari bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz. Agar siz shifoxonada yoki tugʻruqxonada tugʻishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, unda buni qaysi tibbiy muassasada tashkil qilish mumkinligi haqida bilib olishingiz kerak.

Tugʻruq rejasi sizga bu jarayonning qanday oʻtishi haqida batafsil oʻylab olishingizga imkon beradi va sizning doyangizga bu jarayonda yordam beradigan qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi.

shifokor bilan muloqot

Tugʻruqlar rejasi shabloni

  1. Sizning tugʻruq vaqtidagi hamrohingiz
    Tugʻruq paytida kim siz bilan birga boʻlishini va siz bu insonning butun jarayon davomida yoningizda boʻlishini xohlash yoki xohlamasligingizni koʻrsating.
  2. Toʻlgʻoq va tugʻruq vaqtidagi pozalar
    Siz tugʻruq jarayonida foydalaniladigan koptokdan foydalanib chalqancha yotgan holatda tugʻishni xohlarmidingiz yoki tizza va kaftlarda toʻrt oyoq boʻlib turgan holatdami? Oʻzingiz uchun eng qulay boʻlgan holat haqida oʻylab koʻring.
  3. Ogʻriqsizlantirish
    Nafas olish texnikasi, suv, gaz va havo yoki epidural anesteziya? Siz foydalanmoqchi boʻlgan ogʻriqsizlantiruvchi vositalar roʻyxatini va ularning afzalliklari boʻyicha tartibini tuzing va siz uchun nomaqbul boʻlgan usullarni koʻrsating.
  4. Tugʻruq joyi, Shifoxona, tugʻruqxona yoki oʻzining uyingiz – siz qayerda tugʻishni xohlardingiz?  Agar siz uyda tugʻishni tanlasangiz, sizning doyangiz buni qabul qilishi mumkinligiga ishonch hosil qiling.
  5. Tugʻruqdagi yordam
    Agar sizga tugʻruq paytida yordam kerak boʻlsa, siz qaysi birini afzal koʻrishingizni koʻrsating – qisqichlarnimi yoki vakuum ekstraktorinimi?
  6. Yangi tugʻilgan chaqaloqni ovqatlantirish
    Siz bolani qanday ovqatlantirishni rejalashtirayotganingizni aniq koʻrsating.
  7. Kutilmagan vaziyatlar
    Agar sizning farzandingiz maxsus tibbiy boʻlimga yotqizilishi zarur boʻlsa, siz uning parvarishida qanchalik ishtirok etishni xohlar edingiz?
  8. Salomatlik holati yoki nogironlik. Bolaning salomatlik holati yoki uning cheklangan imkoniyatlari haqidagi, doyangizga yordam berishi mumkin boʻlgan barcha maʼlumotlarni koʻrsating.
  9. Madaniy yoki diniy ehtiyojlar
    Agar sizga tarjimon kerak boʻlsa, bu haqda, albatta, oʻz doyangizga xabar bering. Agar bola tugʻilgandan keyin biror bir diniy yoki madaniy marosim oʻtkazish kerak boʻlsa, uni koʻrsating.
  10. Boshqa shartlar. Atrofdagi yorugʻlik, ruhlantiruvchi musiqa, farzandingiz dunyoga kelganda eshitadigan ovozlar… hamma narsa haqida batafsil oʻylab chiqing va istalgancha tafsilotlarni qoʻshing.

Farzandingizning tugʻilishiga hozirdanoq tayyorlanishni boshlang – bizning tugʻruq rejamiz shablonini yuklab oling.

Kesarcha kesish yoʻli bilan tugʻish rejasi

Agar siz allaqachon kesarcha kesish haqida maʼlumotga ega boʻlsangiz, siz oʻz tugʻruq rejangiz shabloniga bir nechta qoʻshimcha bandlarni qoʻshishingiz mumkin. Baʼzi tugʻruq rejalari namunalarida sizga parda kerakmi yoki siz bolaning dunyoga kelish jarayonini koʻrishni xohlaysizmi, bular koʻrsatilgan boʻlishi mumkin.

Uyda tugʻish rejasi

Agar sizda homiladorlikning kechishida xavf darajasi past boʻlgan boʻlsa, siz uyda tugʻishni tanlashingiz mumkin. Bunda uyda tugʻish imkoniyati bor-yoʻqligini bilish uchun tugʻruq boʻlimi bilan maslahatlashishingiz va hatto agar uyda tugʻishingiz mumkin boʻlsa ham, har ehtimolga qarshi tugʻruqxonaga olib boradigan zarur narsalar solingan sumkani tayyorlab qoʻyishingiz kerak. Uy sharoitidagi tug‘ruqlar haqida mana bu yerda batafsilroq bilib olishingiz mumkin.

dr sarah jarvis small

Doktor Sara Jarvis

Doktor Sara Jarvis – butun umri davomida  ayollar salomatligini oʻrganib kelgan malakali terapevt, faol tibbiyot yozuvchisi va teleboshlovchi.

U BBC Radio 2 kanalidagi Jeremy Vine shousida doimiy ishtirok etadigan tibbiyot mutaxassisi boʻlishdan tashqari, koronavirus pandemiyasi paytida u BBC 1 kanalining The One Show, ITV Coronavirus: Q&A dasturlarida va Channel 5 ning yangiliklar dasturlarida muntazam ravishda chiqishlar qildi va pandemiya boʻyicha mutaxassis sifatida maslahatlar berdi.

  1. Tommy’s. How to prepare for your c-section [Online]. 2018. Available at: https://www.tommys.org/pregnancy-information/labour-birth/caesarean-section/how-prepare-your-c-section [Accessed May 2020]

Oxirgi marta yangilangan sana: 2020-yil 20-may  

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x