Bolani ilk marta bag‘irga olish – bu lahzani haqiqatdan qadrlash uchun 7 ta sabab

Ilk marta tegish

Bola bilan yaqin aloqaning hayratlanarli ta’siri

Bu olam – endigina dunyoga kelgan chaqaloq uchun g’alati va noodatiy joy. Bolani ilk marta quchog‘ingizga olishingiz nafaqat hissiyotlaringizga, balki farzandingizning uyqu rejimi, immuniteti, ruhan barqarorligi va boshqalarga qanday ta’sir qilishi haqida ovqatlantirish bo‘yicha ekspertimiz – Syu Battersbidan bilib oling.

ona va chaqaloq belgisi

Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi

Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling

Yosh ona sifatida farzandingizni ilk marta bag‘ringizga olishingiz g‘aroyib tajribaga aylanishi mumkin, chunki bunda yangi hayotni – farzandingizni his etib zavqlanasiz. “Terining teriga” tegishi, ya’ni yangi tug‘ulgan farzandingizni quchoqqa olishingiz shunchaki bag‘irga olganga nisbatan umuman o‘zgacha holat. Bu nafaqat bola uchun, balki ona uchun ham foydali.

Endigina dunyoga kelgan farzandingizni qulaylik va barqarorlik bilan ta’minlang

Tug‘ilib, yangi muhitga tushib qolgan bolada stress bo‘lishi tabiiy. Ammo tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola va onaning terisi “bir-biriga tegishi” bola uchun shunday bir noaniqlik davrida unga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Bunday kontakt bolaning isitadi (yangi tug‘ilganlarda tana haroratini nazorat qilish qobilyati cheklangan bo‘ladi; “terini teriga” tegishi tabiiy ravishda kerakli tana haroratini saqlashga yordam berib, bu muammoni hal qilishi mumkin) va tug‘ilgungacha bo‘lgan davrda tanish bo‘lib qolgan yurak urishingizning tinchlantiruvchi tovushini eshitishga imkon beradi. Issiqlik va yurak urishingizning tovushi orqali bola ushbu noodatiy yangi olamda o‘zini qulay his qiladi va yangi muhitga moslashadi. Bundan tashqari, “terini teriga” tegishi bolaning jismoniy barqarorligini ta’minlaydi: ushbu kontakt glyukoza darajasini oshirishi mumkin (gipoglikemiyaning paydo bo‘lishi yoki qonda qand darajasining pasayish ehtimolini kamaytirish orqali) va bolaning nafas olish chastotasi va arterial bosimini rostlashga yordam beradi.

yelkada chaqaloq

Bolaning immunitet tizimi onaning terisidagi bakteriyalar bilan o‘zaro ta’sirga javob qaytarganligi uchun “terini teriga” tegishi erta kolonizatsiyaga yordam beradi.

Og‘riqli hislar va stressni kamaytirish

O‘zini yaxshi his qilish ham stress darajasini kamaytirishga yordam beradi. Bola stressni boshdan kechirayotgan har qanday holatda ham “terini teriga” tegishi kortizol darajasi (stress gormonlari) pasayadigan darajada uni tinchlantirishi mumkin. Bu ayniqsa bola tug‘ilgandan keyingi 2-3 soatda o‘ta muhimdir, bu vaqtda u stressga sezuvchan bo‘lib, stress darajasini nazorat qilishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, ushbu tinchlantiruvchi ta’sir bola noqulaylikni his qilgan holatlarda, masalan qiyin tug‘ilgan bo‘lsa, og‘riqni kamaytirishda yoki yengillashtirishda yordam berishi mumkin.

Yangi tug‘ilgan bola sog‘ligi va immunitetini saqlash

“Terining teriga” tegishi teri, nafas olish va oshqozon-ichak yo‘llarida joylashgan trillionlab bakteriya va organimzlar – mikrobiota rivojlanishi uchun muhimdir. Bolaning mikrobiotasi bachadonda rivojlanishni boshlaydi va normal mikrobiotaning homilador onadan uning farzandiga o‘tishi va ta’minlanishi muhim ekanligini ko‘plab manbalar tasdiqlaydi. Bakteriyalar bola organizmiga uning tug‘ilish paytida va dunyoga kelishi bilanoq tushadi, ichakning rivojlanishi ma’lum darajada tashqi muhitdan mikroblar ta’siri natijasi sanaladi.

Bolaning immunitet tizimi onaning terisidagi bakteriyalar bilan o‘zaro ta’sirga javob qaytarganligi uchun “terini teriga” tegishi erta kolonizatsiyaga yordam beradi. Ko‘plab kasalliklar, jumladan allergiya va astma mikrobiotaning buzilishi bilan bog‘liq.

ona va bola uxlayapti

Bola bilan taktil kontakt asosiy neyron yo‘llarining kengayishi va miyaning xotirani hissiy o‘rgatish va shakllantirish bilan bog‘liq qismlari faollashishi hisobiga kognitiv rivojlanishga yordam beradi.

Yaqinlikning rivojlanishi

“Teri teriga” tekkanda, sizga ma’lumki, yaqinlik paydo bo‘lishiga ta’sir qiladigan gormonlar miqdori oshadi. Shunday gormonlardan biri sevgi – tabiiy gormon ham deb ataladigan oksitotsin bo‘lib, u xotirjamlik va baxt hissini hosil qiladi. Ushbu gormonning bosh miyada ajralib chiqishida paydo bo‘ladigan hislar xotirjamlik, yaqinlik, bolaga xamxo‘rlik qilayotgan ona yuzi va xatti-harakatlarini taniy olish qobilayatini kuchaytiradi va bularning bari ham ona, ham bola uchun foydali hissiy aloqaning mustahkamlanishiga yordam beradi.

Ko‘krak bilan oziqlantirish va sut kelishi

Bola tug‘ma ko‘nikmalar va ko‘krak bilan oziqlantirishga motivatsiya bilan dunyoga keladi va uni onasining ustiga yotqizib qo‘ysangiz, mustaqil ravishda ko‘krakka o‘rmalan, unga tomon talpinadi, bu hayratlanarli, albatta.

Bunday aloqada ona va bola tegish ma’lumotlarini almashadi, bu bolani qo‘zg‘atadi va unda bir qator reaksiyalarga sabab bo‘ladi, masalan so‘lak ajralishi, yutinish, ko‘krak yo‘nalishiga qarab o‘rmalash va emish uchun to‘g‘ri joylashish kabi. Shuningdek, bunda bolalarning tug‘ilganda og‘izsut hidini sezish qobiliyati yordam beradi; amniotik suyuqlikning og‘izsutga o‘xshash hidi bor, shuning uchun bu hid bolaga tanish va u bolani o‘ziga chorlaydi. Bola tug‘ilishi bilan “teriga terini” tegishini mashq qilgan va tug‘ruqxonada payti bu amaliyotni kanda qilmagan onalarda ko‘krak bilan oziqlantirishning tez-tezligi va davomiyligi oshishi kuzatiladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda miyaning rivojlanishi va uyqu rejimi

Bola tug‘ilgan paytda uning miyasi to‘liq rivojlanmagan bo‘ladi; bu paytda miyaning o‘lchami katta yoshdagi o‘lchamning to‘rtdan birini tashkil etadi. Bola bilan taktil kontakt asosiy neyron yo‘llarining kengayishi va miyaning xotirani hissiy o‘rgatish va shakllantirish bilan bog‘liq qismlari faollashishi hisobiga kognitiv rivojlanishga yordam beradi. “Terini teriga” tegishida bola bilan aloqa ham bu jarayonga yordam beradi.

Yangi tug‘ilgan bolada uyqu rejimi

Yosh onalarning ko‘pchiligiga ularning yangi tug‘ilgan bolalari umuman uxlamayotganday tuyulsa ham, aslida bola boshida bir necha hafta davomida umrini uyquda o‘tkazadi. Ular shunchaki siz uxlayotgan paytda uxlamasligi mumkin. Uyqu bola miyasi rivojlanishi va o‘sishi uchun muhim bo‘lib, “terini teriga” tegishi chaqaloqlarning uyqu sikli uchun foydalidir.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, taktil aloqani his qiladigan chaqaloqlar yaxshi va uzoqroq uxlaydi, ularning uyqu rejimi esa yaxshilanadi.

Xulosa:

Issiq tanangiz farzandingiz tug‘ilishi bilan ilk his qiladigan bir olam. Ona quchog‘ida bo‘lish – dunyoga qabul qilinishning ajoyib usuli, albatta, ammo “teriga terini” tegishi – yanada muhimroq, bu bola uchun tashqi hayotga moslashishning eng yaxshi usuli. Ammo shu bilangina cheklanib qolmaslik kerak. Farzandingiz dunyoga kelgandan keyin yanada ko‘proq muddat davomida “teriga terini” tegishi mashqini davom ettiring, bu siz uchun ham, farzandingiz uchun ham foydadan xoli emas.

Muallif: falsafa fanlari doktori Syu Battersbi

Doktor Syuzan Battersni hamshira va akusher bo‘lib ishlagan. Mustaqil maruzachi/tadqiqotchi bo‘lishdan oldin Sheffild universitetida maruzalar o‘qigan. Doktor Battersbi bolalarni oziqlantirish bo‘yicha doktorlik darajasiga ega bo‘lib, u ko‘krak bilan oziqlantirish va aralashmalar bilan oziqlantirish mavzusini o‘rganib chiqqan. Bundan tashqari, mavzularni keng qamrab olgan holda ikkala yo‘nalish haqida ham ishlar yozgan. U ko‘krak bilan oziqlantirish masalalari bilan shug‘ullanadigan bir qator muhim guruhlar, jumladan ko‘krak bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha NICE tematik maslahat guruhiga kiritilgan. U ko‘p yillar davomida ko‘ngillilik asosida ko‘krak bilan oziqlantirish bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishladi.

  1. Ludington-Hoe SM. Skin-to-skin contact: a comforting place with comfort food. MCN Am J Matern Child Nurs 2015;40(6):359–66.
  2. Phillips R. Uninterrupted skin-to-skin contact immediately after birth. Newborn Infant Nurs Rev 2013;13(2):67–72.
  3. Finigan V, Davies S. Women’s lived experience of skin-to-skin contact with their baby immediately after birth. Royal College of Midwives: Evidence Based Medicine, 2009. Available at https://www.rcm.org.uk/learning-and-career/learning-and-research/ebm-articles/%E2%80%98i-just-wanted-to-love-hold-him-forever%E2%80%99 (Accessed March 2016).
  4. Shamir R et al. Gut health in early life: significance of the gut microbiota and nutrition for development and future health. Essential Knowledge Briefing, Wiley, Chichester (2015).
  5. Allen KA. Promoting and protecting infant sleep. Adv Neonatal Care. 2012 Oct; 12(5): 288–291.

Yangilangan sana: 2016-yil 30-iyun

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x