Savollar tug‘ildimi?
Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!
Nutrilon kompaniyasi har doim eng yuqori sifatli sutli aralashmalarni ishlab chiqarishga intiladi va u bizning mahsulotlarimizni tanlashda ishonchingiz komil boʻlishi uchun har tomonlama va toʻliq bir qator tekshiruvlarni oʻtkazadi. Bizning mahsulotimiz sifati va xavfsizligi boʻyicha qatʼiy standartlarimizga amal qilinishini taʼminlash uchun biz qanday ishlarni amalga oshirishimiz haqida batafsil maʼlumot oling.
Agar siz yangi sogʻilgan sigir sutini qanday qilib yengillashtirilgan sutli aralashmalarga aylantirishimizni bilmoqchi boʻlsangiz, Nutrilon sutli aralashmalari qanday tayyorlanishi haqida ham oʻqib chiqishingiz mumkin.
Biz barcha Nutrilon sutli aralashmalarining bizning qatʼiy talablarimizga javob berishiga ishonch hosil qilish uchun koʻp sonli kimyoviy, fizikaviy va mikrobiologik sinovlarni, jumladan, yogʻlar, oqsillar va namlik tahlillarini oʻtkazamiz.
Kukunli sutli aralashmalar uning bir xilligi va tozaligini taʼminlash uchun teshikchalarining oʻlchami 2 mm boʻlgan mayda elakdan oʻtkaziladi. Keyin aralashma bizning maxsus ishlab chiqarilgan qadoqlarimizga qadoqlanadi.
Aralashmaning yangiligini saqlab qolish uchun biz azot yordamida qadoqlarni germetizatsiyalaymiz. Buning uchun idishlarning ichida kislorod yoʻqligi doimiy ravishda tekshiriladi, shuningdek issiqlik bilan yopishtiriladigan folga qopqoq bilan yopiladi.
Barcha qadoqlarning ogʻirligi bir xil boʻlishini taʼminlash uchun murakkab detektordan foydalaniladi. Oʻlchov qoshiqlari avtomatik ravishda bizning aralashmalar uchun idishlarimizga taqsimlanadi, soʻngra barqaror sifatni taʼminlash uchun barcha mahsulotlar rentgen apparati yordamida skanerlanadi.
Mahsulotlar bizning qatʼiy sifat standartlarimizga mosligini taʼminlash uchun qadoqlashdan oldin ham, keyin ham aralashmalardan namunalar olinadi. Biz shuningdek, qadoqlarning yaxlitligini tekshirish uchun bir qator standart sinovlarni oʻtkazamiz. Va bularning barchasi Nutrilon qadoqlari bizning fabrikamizdan chiqib ketishdan oldin amalga oshiriladi.
Iltimos, oldin quyidagi muhim bildirishni o‘qib chiqing
“Davomi” tugmasini bosish orqali siz Nutrilon bolalar suti va boshqa mahsulotlar to‘g‘risidagi axborot bilan tanishishingiz mumkin. Agar siz davom etishni istasangiz, Nutricia Club Uzbekistan sizning individual so‘rovingiz bo‘yicha bu ma’lumotni axborot maqsadlarida taqdim etishiga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Iltimos, farzandingizni sut bilan boqish va qattiq taomlarga o‘tish borasida asosli tanlovga erishish uchun tibbiyot xodimi bilan maslahatlashing.Ko‘krak bilan emizish chaqaloqlar uchun hammasidan yaxshi va ko‘plab afzalliklar beradi. Ko‘krak bilan emizishga tayyorgarlik ko‘rishda va emizish davrida siz sog‘lom, muvozanatlangan ovqatlar tanovul qilishingiz juda muhim. Hayotning birinchi haftalarida ko‘krak suti va sun’iy oziqlantirishni uyg‘unlashtirish o‘z ko‘krak sutingiz kelishini kamaytirishi mumkin va ko‘krak bilan emizmaslik qarorini bekor qilish qiyin bo‘ladi. Sun’iy oziqlantirish (bolalar ozuqasi)dan foydalanishning ijtimoiy va molyaiviy oqibatlarini inobatga olish zarur. Bolalar ozuqasini noto‘g‘ri iste’mol qilish yoki nomuvofiq oziq-ovqat mahsulotlari yo oziqlantirish uslublaridan foydalanish salomatlik uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Agar siz bolalar ozuqasidan foydalansangiz, ishlab chiqaruvchining qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalariga qat’iy rioya etishingiz kerak – bu yo‘riqnomalarga rioya etmaslik farzandingiz og‘rib qolishiga olib kelishi mumkin.
Uchinchi tomon veb-saytiga kirmoqchi bòlsangiz, davom etishdan oldin sizga quyidagilar haqida xabar bermoqchimiz:
1. Siz kirayotgan uchinchi tomon veb-sayti Nutricia tomonidan boshqarilmaydi.
2. Nutricia uchinchi tomon veb-saytida taqdim etilgan kontent, xizmatlar yoki mahsulotlar uchun javobgar emas.
3. Uchinchi tomon veb-saytidagi har qanday tranzaktsiyalar yoki o'zaro munosabatlar faqat siz va uchinchi tomon o'rtasida.
Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!